Botanix - o‘simliklar va bog‘dorchilik haqida jurnal

O‘zbekcha Nashr

Xitoy choy butasi – o‘zingizni choyingizni o‘stiring!

fotosurat O‘zini hurmat qiladigan har bir havaskor bog‘bon qish oxirida keyingi faslga nimani o‘stirishni va ko‘paytirishni rejalashtirishni boshlaydi. Har yili pomidorlarni, qizil qalampirlarni va bodringlarni o‘stirish joningizga tegdimi? O‘zgarishlarni xoxlisizmi? Немного экзотики? Ozgina ekzotikachi? Shu yili choy o‘stirishga qaleysiz!

fotosurat (Camellia) choy avlodiga tahminan 50 ga yaqin hamisha yashil tropik va subtropik butalar kiradi, shuningdek uncha katta bo‘lmagan daraxtlar, shulardan eng mashhuri xitoy choy butasi (Camellia sinensis). Bu juda qadimiy madaniy o‘simlik bo‘lib janubiy va janubiy sharqiy Xitoyda va yonma – yon hududlarda Hindistonda, Birmada, Viyetnamda va Laosda kelib chiqqan bo‘lib u yerlarda ming asrlardan beri o‘stirilib kelinmoqda. U butun dunyoning tropik joylarida o‘stirilsada, Xitoy, Hindiston, Shri Lanka va Yaponiya oldindan choy ishlab chiqarish bo‘yicha eng yetakchilardan xisoblanishadi.

fotosurat

Choy butasining urug‘lari.

Bizning sharotimizda shaxsiy choyni o‘stirish qiyin emas. Asosiysi yangi urug‘lar, chunki choy butasinig uru‘gi sifatini tez yo‘qotadi. Yumaloq simon urug‘larini ekishdan 2–3 kun oldin, ivitib qo‘yish kerak. So‘ngra ularni havoli substratda eking. 20–25 °С haroratda ular 2–4 haftada o‘sib chiqadi. Quyosh tushadigan joyda yosh o‘simliklar tez o‘sadi, va yarim yillik o‘simliklarni siz yagonalashni boshlashingiz mumkin. To‘gri yagonalash orqali siz ser shoxli buta turiga, shuningdek shaxsiy choyingizni ishlab chiqarish uchun xom- ashyoga ega bo‘lasiz.

Yoz faslida choy butasini hovlida-bog‘da yoki balkonda o‘stirishingiz mumkin. Issiq yoz va o‘z vaqtida yetarlicha quyilgan suv, vatanidagi sharoitiga mos keladi. O‘zingizni bo‘gingizda yoki balkonda o‘stirilgan choy tropik joylarda o‘stirilgan choy sifatiga teng kelmasada, o‘zingiz yaxshi parvarish qilib o‘stirganingiz sizga ko‘p xursandchilik keltirib, o‘simligizngiz sizni katta oq gullari bilan xursand qiladi. Qishda choy butasini deraza oldiga joylashtiring. Hamisha yashil buta haqida gap ketar ekan, qishda unga kerakli quyosh nurlari yetishmagach qish davomida ular so‘lib uyquga ketishadi. Lekin bahor kelishi bilan ular o‘z holatiga tez qaytishadi, va yana o‘z shaxsiy choyingizni terishingiz mumkin.

««« Oldingi tekst: Cherimoya (Annona cherimola) Keyingi text Nonli daraxt Artocarpus odoratissimus »»»

shanba 5.9.2009 15:00 | chop etish | Ekzotik o‘simliklar

KPR o‘zini tanishtiradi

KPR - O‘simlik Shunoslar Klubi Slovakiya
O‘simlikshunoslar klubi butun dunyoning havaskor - bog‘bonlarining ixtiyoriy birlashishidan tashkil topgan. O‘qish...
O‘simliklarni o‘stirish va ko‘paytirishda o‘z ish tajribalaringiz bilan bo‘lishing. Joriy web-saytga o‘z fikr-mulohazaringizni yozib qoldiring.