Botanix - o‘simliklar va bog‘dorchilik haqida jurnal

O‘zbekcha Nashr

Cherimoya (Annona cherimola)

Yevropaga keying vaqtlarda judayam qiziq tropic mevalarni keltirishmoqda. Shaxsan men Cherimoya mevasini yeb ko‘rganman. Sotuvda kamdan – kam paydo bo‘lsada, juda ajoyib ta‘mga ega bo‘lgani uchun rastalarda doim joyni egallab keladi.

Cherimoya mevali daraxt bo‘lib (Annona cherimola), savdo belgisi bilan ishlatiladi, Kolumbiyadan tortib Perugacha dengiz sathidan 1500 m yuqorida bo‘lgan And vodiylarda o‘sadi. U pastroq joylarda ham haroratlarga chidamli, shuning uchun siz cherimoyani dunyoning ko‘pgina issiq hududlarida, jumladan Isroilda va Janubiy Ispaniyadan topishingiz mumkin. Bu avlodga 120 ga yaqin tur kiradi.

Cherimoyaning po‘stlog‘i yashil-mallla yalpizli. Uning ustki qismi g‘adir-budir bo‘lib, uni qisgandan keyin huddi barmoq izlari qolgandek bo‘ladi. Ba‘zi odamlarga gont bilan yopilgan tomni eslatadi. Qattiq pishmagan mevalarni yumshoq bo‘lishi uchun uni uy haroratida qoldirishingiz mumkin. Mag‘zi kremli rangda bo‘lib, ta‘mi banan bilan ananasni eslatadi, taxminan 10–20 ta qora zaxarli urug‘lari bo‘lib, kattalagi loviyadek keladi. Mag‘zini asosan ko‘proq xomligicha yeyish mumkin.

Urug‘larini xonada yoki issiq xonalarda ekib, o‘stirishimiz mumkin. O‘sish vaqti xar xil bo‘lishi mumkin, odatda 3 haftada o‘sadi. Urug‘larning o‘sib chiqishi uchun harorat 27 °C bo‘lishi kerak. Urug‘lardan o‘sib chiqqan kichkina daraxtchalar pushti rang bo‘ladi. Keyinchalik ular qoramtir yashil rang bo‘lishadi. Ularning barglari 10–15 sm bo‘lib, tuxum shaklida usti par bilan qoplanadi, orqa tomonida esa, ip simon tomirchalari yaqqol ko‘rinib turadi. Qishda barglar tez-tez to‘kilib turadi. Zarar kor‘ganda ular hidlanadi. Barglar to‘kilgan joylaridan yangi shoxlar o‘sib chiqadi. Barcha turdagi annonlar oilasiga ko‘p nur va asosiysi qishni yaxshi o‘tkazish kerak bo‘ladi, havas kor bog'bonlar muhokamasiga sabab bo‘ladi. Men annonani butun qish davomida uy sharoitida 10 –15 °C haroratda qoldiraman. Qishda boshqa o‘simliklarni uy haroratida o‘stirishga harakat qilib, ko‘rish mumkin va annonani qayerda birinchi bo‘lib gullashini aniqlaymiz.

Odatda annona 3–5 yil gullaydi Gullashga qadar so‘ligan ko‘rinishga ega bo‘lib barglarning katta qismi to‘kiladi. Uning to‘kilgan barglarining joyidan yoki yosh barglari bilan bir vaqtda sariq rangli gul bo‘lib gullaydi. Changlatish uchun 2 ta o‘simlik zarur, qo‘lbola usulida ham changlatish mumkin. Mevalarning pishishi 5–7 oy davom etadi.

Yuqori qismining o‘sib kelishi haqida xavotirlanmang, u har doim so‘ligan ko‘rinishga ega bo‘ladi. Uzoqqa cho‘zilmaydigan so‘lish o‘simlikga zarar qilmaydi, lekin siz qishda ham unga suv qo‘yib turishingiz kerak. Agar omadingiz kelsa, siz qiziqarli annonlarning boshqa turlari ham qo‘lga kiritishingiz mumkin:

Annona sqamosa – qarag‘ay so‘tasini eslatadigan annona so‘tasi „so‘tali“ mevalari mavjud. Shunigdek ularni shakarli olmalar deyishadi. Ular rangi yashil yoki sariq yashil

Annona reticulata – to‘r pardali annona qon rangini eslatgani uchun „hachirli“ yoki „ho‘kkiz yuragi“ deb nomlanadi va qattiq shirin mag‘zi bor.

Annona muricata – yumshoq tikonli annona, shuningdek guanabana deb ham ataladi, eng katta (og‘irligi 1,5– 5 kg) va „eng tropikli“ mevalariga ega, keyinchalik tanasida tikonli g‘udakchalar ajralib chiqadi uzunligi yarim sm taga bo‘ladi. Ular yashil rang. Barglaridan qora korossolali choy tayyorlashadi.

««« Oldingi tekst: Siz baxt uchun to‘rt bargli o‘simlikni o‘stirayapsizmi - to‘rtbargli marsiliya (Marsilea quadrifolia) Keyingi text Xitoy choy butasi – o‘zingizni choyingizni o‘stiring! »»»

shanba 5.9.2009 07:54 | chop etish | Ekzotik o‘simliklar

KPR o‘zini tanishtiradi

KPR - O‘simlik Shunoslar Klubi Slovakiya
O‘simlikshunoslar klubi butun dunyoning havaskor - bog‘bonlarining ixtiyoriy birlashishidan tashkil topgan. O‘qish...
O‘simliklarni o‘stirish va ko‘paytirishda o‘z ish tajribalaringiz bilan bo‘lishing. Joriy web-saytga o‘z fikr-mulohazaringizni yozib qoldiring.