Botanix - o‘simliklar va bog‘dorchilik haqida jurnal

O‘zbekcha Nashr

Siz baxt uchun to‘rt bargli o‘simlikni o‘stirayapsizmi - to‘rtbargli marsiliya (Marsilea quadrifolia)

fotosurat

To‘rtbargli marsiliya (Marsilea quadrifolia) paportnik o‘simligi bo‘lib, to‘rtbargli shaklida barglari bilan. Sizga o‘simlik –paportnik va to‘rt bargli so‘z bir biriga to‘g‘ri kelmagandek tuyulayaptimi? Aksincha bu so‘zlar a‘lo darajada to‘g‘ri ke‘lib odatdan tashqari dekorativli, bog‘bonchilikga amaliy ma‘lum tanish bo‘lmagan o‘simlik.

Marseliyaning ildizpoyasi uzun bo‘lib, botinka bog‘lag‘ichini eslatadi. Ildiz poyasidan burglar o‘sib chiqadi, yuqoriga qarab suzib chiqishadigan ular to‘rt to‘g‘ri shaklli barglarga bo‘lingan bo‘lib, bir qarashda to‘rtbargli bedani eslatad. Kuzda ildizpoyasini suvdan holi qilganingizdan keyin kattaligi loviyadek keladigan “osilgan” ga ko‘zingiz tushadi, aynan ana shular, o‘simlikni paporotnik ekanligini aniqlashga sabab bo‘ladi. U Janubiy Amerikadan boshqa hamma iqlimlarda, foydali oziqaviy moddalarga boy, sun‘iy va tabiiy suv havzalarida o‘sadi, Shimoliy Amerikaga u tajovuzkor nomi bilan kirib kelgan. Polshaning tabiiy joylarida o‘sish darajasi yo‘qolgan, Gochalkovits ko‘liga ekosistemani qaytarish uchun tajtibalar o‘tkazilmoqda. U Slovakiyaning 7 ta joyida „Latoritsa“ daryosining hovuzida o‘sadi. Qachonlardir u Boodrog, Laborets va Ug daryolarining atroflarida uchragan. Chexiyada u o‘smaydi.

Tropik joylarda bir necha xil avlodlari o‘sishadi, ammo ular issiqni sevuvchi bo‘lgani uchun buzning sharoitimizga to‘g‘ri kelmaydi. Shulardan bir nechtasi akvariumlarda o‘stirishadi

Madaniyatda to‘rt bargli marsiliya (Marsilea quadrifolia) injiq tur emas, unga xar –xil idish suv bilan bo‘gning ozgina xajmli yer bilan to‘ldirilgani yetarlidir. Siz uni muammosiz 20×20×10 sm hajmdagi vannada o‘stirishingiz mumkin. Va yil davomida ko‘chada (umuman muzlamaydi). Uning injiq emasligi va oson usul bilan ko‘payishi xar bir inson har xil joyda o‘stirishi (kichkina hajmli vannada ham yoki gul tuvak tubi butunligida ham, ko‘cha tokchasida ham) mumkin.

fotosurat

Havaskor bog‘bonlar uchun imkoniyati cheklanganligi uchun quruvchilar vannasida (ular 60–80 litrli bo‘lib, 10 evro atrofida sotiladi) o‘stirish ideal hal bo‘lardi. Tubiga bir belkurak tuproq seping (tubiga 5 sm gacha yetarli). Chetlarigacha suv to‘ldirilib bo‘lgach, siz marsiliya uchun ideal sharoit yaratgan bo‘lasiz. Bu vannaning qulay tomoni shundaki uni qishqi bog‘ga yoki xonaga deraza yaqinida (yaxshisi balkon derazasi yoniga ) joylashtirishgiz mumkin, o‘simlikxonaning quyosh nuri tushadigan va issiq joyda turishi kerak. Yozda vannani janubiy balkonga yoki bog‘ga chiqarishingiz mumkin.

Lekin bog‘ning hovuzchasida juda chiroyli ko‘rinadi, hovuz tubiga bog‘ning tuproq va qum qorishmasidan iborat yerga marsiliyaning ildizpoyasini ozgina qismini qistirib qo‘yish yetarli bo‘ladi. O‘simlik haqida boshqa o‘ylamasa ham bo‘ladi – u o‘zini o‘zi eplaydi. Marsiliya suv sathiga tez moslashadi va suv sifatidan ozor chekmaydi. Shuning uchun siz uni idishda har xil suv sathida (5–100 sm) o‘stirishingiz mumkin. Shunga qarab marsiliya barglar tolasining uzunligini suv yuzida suzib yurishi uchun moslashtiradi.

O‘simlik ildizpoyasining bo‘linishi bilan ko‘payadi. Uncha katta bo‘lmagan ildiz poya (10 sm) yetarli bo‘ladi va yoz fasli davomida suv yuzasida sizda to‘rtbarglilardan ajoyib “gazon” paydo bo‘ladi.

««« Oldingi tekst: Hashoratlarni yeyuvchi o’simlikning urug’larini ekish ko‘rsatmasi Keyingi text Cherimoya (Annona cherimola) »»»

shanba 5.9.2009 06:38 | chop etish | Suvdagi va botqoqdagi o‘simliklar, O‘stirish va ko‘paytirish qo‘llanmalari

KPR o‘zini tanishtiradi

KPR - O‘simlik Shunoslar Klubi Slovakiya
O‘simlikshunoslar klubi butun dunyoning havaskor - bog‘bonlarining ixtiyoriy birlashishidan tashkil topgan. O‘qish...
O‘simliklarni o‘stirish va ko‘paytirishda o‘z ish tajribalaringiz bilan bo‘lishing. Joriy web-saytga o‘z fikr-mulohazaringizni yozib qoldiring.