Botanix - o‘simliklar va bog‘dorchilik haqida jurnal

O‘zbekcha Nashr

Kalimant mangosi, Kasturi (Mangifera casturi)

Kalimant Mangosi (Mangifera casturi) yoki Kasturi, mahalliylarning aytishicha, bu tropic daraxt bo‘lib, balandligi 10–30 metr, janubiy Borneo (Indoneziyada). Bandjarmasin atrofining juda kichik joyiga xos bo‘lgan. Xozirgi vaqtda noqonuniy kesishlar tufayli u tabiatda yo‘q bo‘ldi. Biroq u shirin mevalari tufayli xali xam o‘stiriladi.

Kalimant mangosining mevalari (Mangifera casturi) mangoning boshqa turlariga nisbatan kichikroq. Har bir meaning og‘irligi taxminan 50 dan 84 gramgacha keladi. Pishmaganda mevalari yashil rang bo‘lib, pishganda ular malla yoki qora gunafsha rangga o‘zgaradi. Ustki qismining yaltirog‘I bilan, ko‘pincha Gunafsha tus beradi. Kasturi mangosi (Mangifera casturi) ning rangli gammasi ham navlarning aniqlanishi bo‘lib xisoblanadi. 3 ta registratsiyalangan navlar mavjud bo‘lib bular Mangifera casturi Kasturi, Mangga Cuban va Pelipisan. Eng mashhuri bu Kasturi uning xush bo‘yligi uchun. Mangga Cuban va Pelipisan ko‘pincha alohida navlarga kiradi. Biroq Pelipisan ni Kasturiga o‘xshash shirin xushbo‘yini topish mumkin, bu meva Kasturining chatishgani degani. Uning statusini aniqlash va o‘rnatis uchun yana ko‘p tadqiqotlar olib berish kerak.

Mavalarining mag‘zi to‘q sariq, tuzilishi esa tolali bo‘lib, ajoyib shirin xush bo‘yga ega. Agar kasturini mango (Mangifera indica), bilan solishtirsak, kasturi ta‘mining shirinligi kamroq, lekin yumshoq kuchliroq xushbo‘yli. Kasturi mevalarining mag‘zi juda ham tomirchalarga boy.

Kasturida (Kasturi) Janubiy Borneo aholisi o‘rtasida juda ham mashhur bo‘lganidek, qo‘shni tumanlarda ham mashhur, mevalarining yoqimliligi tufayli bu xaqda qadimiy qo‘shiq mavjud: “Seharum kasturi, seindah pelangi, semuanya bermula.” U “Kasturi xushbo‘y va kamalakdek chiroyli. Bu o‘z sayohatini boshlagan muhabbat” degan ma‘nolarni anglatadi.

Noqonuniy kesish bu turning tabiatda yo‘qolib ketishiga ta‘sir qildi. Kalimant mangosining voyaga yetgan daraxtlari katta miqdordagi yog‘ochlarni kesishlari tufayli xavfda turishibdi. Daraxtlar tez tez mahalliy aholi tomonidan kichik bog‘larda yoki kichik xo‘jaliklarda o‘stiriladi.

Tez o‘suvchi mevali daraxtlarga nisbatan, kalimant mangosi, sust o‘sishi tufayli Indonaziyaning katta plantatsiyalarida o‘stirilmaydi. Kalimant mangosining plantatsiyasini Mataraman hududining Banjar (Banjar tumani va Banjarsiman bu alohida hududlar) da uchratish mumkin. 1980 yilda Mataraman axolilari kichik kulturada ekishga harakat qildilar. Birinchi mevalarni 2005 yilda terishni boshladilar. Mavalarining ko‘p miqdorda bo‘lishiga qaramasdan talabni qondirishga yetarli bo‘lmadi.

Kalimant Mangosidan foydalanish mevalargacha va yog‘ochlargacha chegaralanadi. Voyaga yetgan daraxtlar tanasining diametri 1 metrga yetsada, Bandjarlar (mahalliy etnik guruhlar ichki hududlardan va janubiy Barneo sohillaridan), daraxtning sust o‘sishi tufayli faqat mevalarni foydalanishga moyildirlar. Shuning uchun bandjarlar daraxtlarning boshqa turlarini yog‘ochlarni bir xil yoki yaxshi sifat bilan ishlab chiqarish uchun tanlashadi. Kasturi daraxtlari juda balnd bo‘lganligi uchun mevalariga yetishish juda qiyin va daraxt bo‘ylab juda yuqoriga chiqish kerak bo‘ladi – yerga tushgan mevalari past sifatga ega bo‘lishadi.

Mevalarni yangi ko‘rinishda yoki kasturi jemidek qayta ishlangandek iste‘mol qilish mumkin. Biroq sotuvda kamdan kam paydo bo‘ladi, chunki fermerlarning o‘zlari is‘temol qilishadi. Mangodan tayyorlangan boshqa mahsulotlar ham bor- pyuredek, konfityur yoki dodol (ananaviy pichenye). Lekin bu mahsulotlarni topish qiyin chunki ularga talab ko‘p va banjarlarning sevimli mevalari bo‘lib hisoblanadi. Mevalari ham yetarlicha qimmat lekin, banjarlar uchun ularning ajoyib ta‘mi ularga arziydi.

««« Oldingi tekst: Indoneziyadagi Mangoning turlari Keyingi text Mangoni urug‘lardan ko‘paytirish »»»

dushanba 16.11.2009 11:19 | chop etish | Ekzotik o‘simliklar

KPR o‘zini tanishtiradi

KPR - O‘simlik Shunoslar Klubi Slovakiya
O‘simlikshunoslar klubi butun dunyoning havaskor - bog‘bonlarining ixtiyoriy birlashishidan tashkil topgan. O‘qish...
O‘simliklarni o‘stirish va ko‘paytirishda o‘z ish tajribalaringiz bilan bo‘lishing. Joriy web-saytga o‘z fikr-mulohazaringizni yozib qoldiring.