Botanix - o‘simliklar va bog‘dorchilik haqida jurnal

O‘zbekcha Nashr

Piyozlilarni va o‘simliklarni ekish

Sotib olingan o‘simliklarni (ekinlarni), pochta tomidan olib kelinganlarni, qadoqdan chiqarib qorong‘iroq joyga 2–3 kunga joylashtiring. Sizda ikkinchi imkoniyat ham bor ularni birdaniga ekish, keyin esa biron narsa bilan ikki kunga qiya qilib yopib qo‘yish(masalan konstelyar qog‘oz bilan, doska bilan) ularni quyosh nurlaridan to‘g‘ridan to‘g‘ri nurlanishdan himoya qilish uchun. Aks holda siz ularni quyosh nurlaridan zarar ko‘rish xavfiga qo‘yasiz.

O‘stirilgan o‘simliklar oldindan ko‘chirish

O‘simlikning o‘lchamiga to‘g‘ri ke;adigan chuqurcha kovlang. O‘simlikni tuvakdan chiqaring (mabodo bo‘sh qadoqlangan o‘simliklarni qopdan tselofanli paketlarda) va tomirlari bilan pastga, hamma tomonlarini to‘g‘irlab chuqurchaga joylang. Chuqurchaga ozgina suv soling va tuproqqa singib ketgandan keyin, o‘simlikni tuproq bilan ko‘ming. Shu yo‘l bilan boshqa o‘simliklarni ko‘chiring. Ko‘chrib bo‘lgandan keyin joyalarni yoki klumb ni yangi ekilgan o‘simliklarga suv quying. Birinchi kunlari ekishdan so‘ng o‘simliklarni ehtiyojga qarab sug‘oring, havoning issiq kunlari, jazirama kunlari ularga soyabon qiling. 1–3 hafta mobaynida o‘simliklar butunlay tomirlab tuproqqa jipislashib ketadi, shundan keyin bog‘dagi boshqa o‘simliklar singari parvarishlang…

Piyozlilarni va ildiz mevalarni ko‘chirish

Birinchi navbatda piyozlilarni va ildiz mevalarni ekmoqchi bo‘lgan joyni kavlang (keyin faqat umumiy „piyozlilar“ nomi bilan). Ekishdan oldin piyozlilarni qog‘ozli qopchalardan chiqaring. Keraklicha chuqurcha kavlang(jadvalga qarang) va yuqori vegetativ tepaligiga piyozchani joylashtiring. Ayrim turlarining teskari ekilgan piyozchalari nobud bo‘lishi mumkin. Keyin piyozchani ko‘ming va tuproqning ustki qismini zichlab tekislang. Agar havo quruq bo‘lsa, ekishdan keyin tuproqni yaxshilab sug‘oring. Agar siz, masalan yoz o‘rtasida lolalarni eksangiz (ularni saqlashga joy bo‘lmasa yoki siz dam olishga ketayotgan bo‘lsangiz, u holda ularni sug‘orish shart emas. Piyozchalar dam olishadi va birinchi kuz yomg‘irlari bilan o‘sishni boshlashadi.

Mayda piyozchalarni shuningdek unumsiz tuproqlarda o‘stirilgan bo‘lsa, kichikroq chuqurchalarga eking. Ekishning chuqurchasi piyozning uchidan tuproqning yuqori qismigacha bo‘lgan masofa xisoblanadi.

Piyozchalar yerdan yer ostidagi qismlari nobud bo‘lgandan keyin sug‘iriladi (bu gladiousdan tashqari hamma piyozlilarga taaluqli) – yozning boshida iliq quruq vaqtida shuningdek oldinroq may oyida bo‘lishi mumkin. Piyozlilarning ko‘pgina turlarini yerdan sug‘irib olishgandan keyin, quruq joyda kuzgacha saqlash mumkin (masalan chesnok, shafran, lolalar). Boshqa turlari: masalan liliyalar, qora ilonli piyoz, ptichemlechnik va kupenelarni quruq joyda saqlaganda zarar yetadi, nobud bo‘lishlari mumkin. Piyozchalarini qurishini yoxtirmagan turlarini tuproqdan tuproqqa quruq joyda ularni uzoq vaqt saqlamasdan ko‘chirish samaraliroq (bir hafta turaolishadi undan ortiq vaqtga men qoldirmagan bo‘lardim).

n
Tur ekish vaqti ekish chuqurligi sm ga
Uncha katta bo‘lmagan chesnok piyozchalari bilan 2 sm gacha – masalan: Allium carinatum, flavum, molly, oleraceum, scorodoprasum 7.-10. 5–8
Katta chesnok piyozchasi bilan 10 sm gacha – masalan: Allium giganteum, karataviense, nigrum 7.-10. 10–15
Colchicum – kuzgi vaqtinchalik 8. 15
Crocus – navlari, bahorda gullaydiganlari (Crocus chrysanthus, Crocus vernus) 10. 9
Crocus – navlari, kuzda gullaydiganlari (Crocus sativus) (7.-)8. 9
Gladiolus (bo‘g navlari) 4.-5. 10 (maydalari 5)
Gladiolus – (ekzotik botanik turlari) 9. 5–8
Lilium candidum – Oq liliya 8. 3
Lilium – Liliya boshqa turlari 9.(-10.) 5–15 navga muvofiq
Muscari 7.-10. 8–10
Narcissus 8. 10
Ornithogallum umbelatum 7.-10. 10
Polygonatum – Kupena 8.-10., 2.-3. 10< /td>
Uncha katta bo‘lmagan lolar katta bo‘lmagan piyozchalari bilan, masalan Tulipa chrysantha, tarda, saxatilis, turkestanica, urumiensis 10. 10
Katta lolalar – Greyga lolasi (Tulipa gregii), Fostera lolasi (Tulipa fosteriana), Kaufman lolasi (Tulipa kaufmanniana) va bog‘dagi gibritlar 10. 12–14

Tangacha piyozchali liliyaning ko‘payishi

fotosurat

Tangacha piyozchali liliyaning ko‘payish namunasi

Liliyaning eng oddiy ko‘payish usuli bu tangachali piyozchadir. Tangachali piyozchalarini eng yaxshisi uncha katta bo‘lamagan cho‘zinchoq shakldagi yashikka (xayvonlarning idishiga o‘xshash) chuqurligi 1–2 sm (tangacha ustidagi gruntning qalinligi) va shunday muhitga kunduzgi harorat 25–30 °C, oqshom 22 °C (oqshom harorat yanada past bo‘lishi mumkin, shuning uchun asosiysi kunduzgi to‘g‘ri keladigan yuqori haroratdir) (masalan: oranjereya, iisiqxona, xona derazasi). Substrat quruq bo‘lish kerak. Ushbu sharoitlarda tangachalarning pastki qismida tezlikda yangi piyozchalar shakllanadi. Bitta tangachada 1–3 oy mobaynida 2–3 kattaligi 1 sm keladigan piyozchalar shakllanadi. Agar tangachalar iyul oxirida terilgan va ekilgan bo‘lsa, unda Sentyabr yarmida siz ularni terib klumbga 2 sm gacha bo‘lgan chuqurchaga ekishingiz mumkin. Bitta tangachasi bilan bitta piyozchasini bir-biridan taxminan 4 sm gacha bo‘lgan masofada eking. Klumbda 4–6 yillik o‘stirilgandan keyin siz birinchi toifali, gullashga moyil bo‘lgan piyozlarni olasiz.

Piyozchalarni urug‘lardan ko‘chirish

Ayrim piyozchalarning turlarini urug‘laridan ko‘paytirish juda ham tez va samaraliroq. Urug‘larni mart-aprel oylarida tug‘ri tuproqqa yoki tayyorlangan tuvaklarga chuqurligi 0,5 –1 sm gacha chuqurchalarga eking. Birinchi yili ularni ko‘chirmang,o‘sha joyda qoldiring. Ayrim turlari sizda keyingi yilda gullashi mumkin. Ko‘p turlari ekindan keyin 2–5 yilga gullaydi. Qonunga binoan, kichikroq turlari tezroq gullashadi, kattaroqlariga qaraganda.

««« Oldingi tekst: O‘simliklarni urug‘lardan o‘stirish ko‘rsatmasi Keyingi text Indoneziyadagi Mangoning turlari »»»

shanba 26.9.2009 00:14 | chop etish | O‘stirish va ko‘paytirish qo‘llanmalari

KPR o‘zini tanishtiradi

KPR - O‘simlik Shunoslar Klubi Slovakiya
O‘simlikshunoslar klubi butun dunyoning havaskor - bog‘bonlarining ixtiyoriy birlashishidan tashkil topgan. O‘qish...
O‘simliklarni o‘stirish va ko‘paytirishda o‘z ish tajribalaringiz bilan bo‘lishing. Joriy web-saytga o‘z fikr-mulohazaringizni yozib qoldiring.