Botanix - o‘simliklar va bog‘dorchilik haqida jurnal

O‘zbekcha Nashr

Tamaki Nicotiana glauca – balkonli manzarali o‘simliklar

fotosurat

Ko‘kimtir tamakiyoki ko‘kimtir nikotin

Inson xoxishi har doim yangi, odatdan tashqari va noananaviydir. Har bir havaskor bog‘bom o‘zining bog‘ida qanaqadir yangi, hech kim ko‘rmagan, hech kimda yo‘q narsani o‘stirishni xoxlaydi. Shuning uchun gul bozori har yili ko‘p yangiliklar taklif qiladi, havaskor bog‘bonlarning orzu qilib yurgan yangiliklarini “qondirish” uchun. Biroq tijorat asosida ko‘payotgan yangiliklar tezlikda faqat qator assortiment bo‘lib qolayapti.

fotosurat

Ko‘kimtir assortiment yoki ko‘kimtir nekotin

Keyingi 10 yil ichida eng katta hajmli gullarning yangiliklari ituzumlar (Solanaceae) oilasiga mansub. Eng mashhurlariga bular petunya, surfiniya, million belz (million bells) kiradi. Ularning omadining siri tez o‘sish bo‘lib, erta gullash davri (urug‘lardan o‘stirganda kamida uch oy, qalamchalar bilan ko‘paytirganda, ular umuman tez gullashadi), shuningdek ular o‘stirilish sharotiga injiqlik qilishmaydi. Albatta, ularga ko‘proq quyoshli joy mos keladi, lekin ular yorig‘ligi kam, sovuqroq joylarda ham o‘zlarini yaxshi sezishadi.

Biroq bizning o‘lkalarimizda it uzumlar oilasi o‘simliklari har doim tanilib foydalanilmagan. Masalan, kartosklar bilan pomidorlarni eslang, boshda faqat dekorativ o‘simlik sifatida o‘stirilgan. Birinchi indikatsiya paydo bo‘lishi bilan, ushbu o‘simliklarni oziq-ovqatga ham ishlatsa bo‘lar ekan, boshida aholi bunga ishonchsizlik bilan qaradi. Biroq tez orada ular shunday tez tarqaldiki, ko‘p joylarda mumtoz mevalarni kamaytirishdi va asosiy oziqa bo‘lib qoldi.

fotosurat

Ushbu sonda biz ko‘kimtir tamaki (Nicotiana glauca) janubiy Amerikadan noananviy balkonli daraxtcha bilan tanoshamiz. Bizning sharoitimizda bu tez o‘tuvchi bo‘ta daraxtcha ham. Urug‘idan o‘stirilganda ikki oydan keyin gullaydi. Yetilgan o‘simlikning shoxlari bir oyga 50 – 70 sm ga o‘sadi. Nomi aytib turgandek, butun o‘simlik kumush qoplama bilan qoplangan. Shuning uchun diqqatni o‘simlikga kerak bo‘lmaganda qo‘l tekkizish mumkin emas, chunkiqoplama tez o‘chib ketadi va o‘simlik hunuk och -zangori rangga aylanadi. Barglari kumush tuxumsimonli shakllari oxiri uchli. Shoxlarining uchlari gullaydi, 20–40 ta sariq turubkali gullari o‘sib chiqadi. Ularni uzunligi 3–3,5 sm va eni taxminan 0,5 sm. Gullashning boshlanishida ular och-sariq, och-zangori hoshiyali bo‘lishadi, gullab bo‘lgandan keyin to‘q sariq rang bo‘ladi. Ushbu turning yutu‘gi shundaki gullab bo‘lgan gullari dekorativligini saqlab qolishadi. Masalan, petuniyadan farqliroq gullab bo‘lgandan keyin ham o‘zining shaklini saqlab qolgan holda o‘simlikda uzoq vaqt turishadi.

Ushbu turni o‘stirish juda ham oson. Xonada ko‘kimtir tamakini yil davomida o‘stirishingiz mumkin, yozda esa balkonga yoki bog‘ga joylashtirishingiz mumkin. Ularni tez unib chiqadigan urug‘lardan ko‘paytirishingiz mumkin. Gullashga moyil bo‘lgan o‘simlikni siz ikki oydan keyin o‘stirishingiz mumkin(agar siz ularni balkonga 15-mayga joylashtirmoqchi bo‘lsangiz, unda mart oyining yarmida ularni ekishingiz zarur). O‘simliklar qishni xonada yoki sovuqroq sharoitlarda atirshoxga o‘xshab (lekin yaxshi yorug‘ joy bo‘lishi kerak) o‘tkazishlari mumkin. Qish oxirida shoxlarini taxminan yarmigacha o‘rab qo‘ying va tez tez me‘yorida sug‘oring. Qish tugagach taxminan bir oydan keyin gullaydi. Ushbu turdan xonaki daraxtni shakllantirsh mumkin. Ular qalamchalar bilan ko‘paymaydi, chunki ular tomirlarini juda yomon chiqarishadi (bu narsa qiyinchilik keltirmaydi. Chunki urug‘lardan oson ko‘payishadi). Tamaki oziqaga talabchan emas. Gullashga boy bo‘lishi uchun siz uni oddiy o‘g‘itlar bilan oziqlantirishingiz mumkin, balkonli gullar uchun fosfor yuqori bo‘lishhi kerak.

««« Oldingi tekst: Ajoyib velvichiya (Welwitschia mirabilis) – tirik qazilmani o‘stiring Keyingi text Xushqadli urchuq shaklida olmani o‘stirish »»»

chorshanba 23.9.2009 07:04 | chop etish | Ekzotik o‘simliklar

KPR o‘zini tanishtiradi

KPR - O‘simlik Shunoslar Klubi Slovakiya
O‘simlikshunoslar klubi butun dunyoning havaskor - bog‘bonlarining ixtiyoriy birlashishidan tashkil topgan. O‘qish...
O‘simliklarni o‘stirish va ko‘paytirishda o‘z ish tajribalaringiz bilan bo‘lishing. Joriy web-saytga o‘z fikr-mulohazaringizni yozib qoldiring.