Botanix - o‘simliklar va bog‘dorchilik haqida jurnal

O‘zbekcha Nashr

Hind buki Pongamia pinnata

fotosurat

Pongamia pinnata

Hind buki Pongamia pinnata (Indian Beech Tree, Honge Tree, Pongam Tree, Panigrahi) dukkakli (Fabaceae) oilasidagi bargtashlovchi daraxt xisoblanadi, kelib chiqishi Hindostandan bo‘lib, Janubiy Sharqiy Osiyoda ko‘p o‘stiriladi. Katta shox-shabadani nomoyon etadi. Gullashi mayda oq –pushti yoki to‘q qizil xushbo‘y gullar bilan gullaydi.

Bu tur kuchli tomir tizimi egaligi tufayli yuqori harotalarga va kuchli quyosh yorig‘iga, shuningdek quruqlikka chidamlidir. Tabiatda u qumli va toshloq yerlarda, ohaktoshlarda o‘sadi, shuningdek uni sho‘r tuproqlarda ham o‘stirish mumkin. Ko‘pincha ushbu daraxtni quruq hududlarda shamolni to‘sishda yoki shaharlarda soya –salqin qilish maqsadida ekiladi. Qobiq shpagat va kanatlar yoki qori rezinalarni ishlab chiqarish uchun, zaharli baliqlardan yaralanganlarni davolash uchun ishlatiladi. U havo azotini ushlab turish qobiliyatiga ega bo‘lgani uchun, unumdorligi past bo‘lgan joylarda tuproqni oziqlantirish uchun ekiladi. O‘simlik zaharli bo‘lganiga qaramasdan u tibbiyotda qo‘llaniladi. O‘simlikning sharbati va yog‘i antiseptik ta‘sirga ega. Urug‘lardan olingan yog‘ an‘anaviy tarzda chiroqlar, sovunni ishlab chiqarishda va surtiladigan narsalar uchun ishlatiladi, hozirgi vaqtda uning ahamiyat ortganki xatto biobenzinga qo‘shimcha sifatida ishlatilmoqda.

««« Oldingi tekst: O‘rilgan o‘tlar bilan nima qilish kerak? Keyingi text Ajoyib velvichiya (Welwitschia mirabilis) – tirik qazilmani o‘stiring »»»

dushanba 21.9.2009 17:24 | chop etish | Ekzotik o‘simliklar

KPR o‘zini tanishtiradi

KPR - O‘simlik Shunoslar Klubi Slovakiya
O‘simlikshunoslar klubi butun dunyoning havaskor - bog‘bonlarining ixtiyoriy birlashishidan tashkil topgan. O‘qish...
O‘simliklarni o‘stirish va ko‘paytirishda o‘z ish tajribalaringiz bilan bo‘lishing. Joriy web-saytga o‘z fikr-mulohazaringizni yozib qoldiring.