Botanix - o‘simliklar va bog‘dorchilik haqida jurnal

O‘zbekcha Nashr

Hind lotosi (Nelumbo nucifera)

fotosurat

Hind lotosi

Lotosning guli Hind lotosi (Nelumbo nucifera) – bu ajoyib suv o‘simligi bo‘lib ho‘l bo‘lmaydigan yashil kul rangli bargalari va pushti gullari bor. Buddistlar ularni diniy marosimlar uchun foydalanishadi. O‘simlikni barcha qismini iste‘mol qilish mumkin (birinchi navbatda ovqatga urug‘lari va yer yong‘oqlari ishlatiladi), u Janubiy Sharqiy osiyoning har xil taomlarini tayyorlash uchun ishlatiladi. Bu botqoqli o‘simlik bo‘lib, suv liliyasini o‘stirgandek o‘stirish mumkin. Bizda lotosni o‘stirish qiyin emas, faqat buni bilish kerak.

“Ekish” dan oldin urug‘larni ozgina najdak bilan ishlov berish zarur, chunki ularning yuqori qismi umuman suv o‘tkazmaydigan narsalar bilan singdirilgan. Agar ularga suv yetib bormasa urug‘lar umuman chiqmaydi.

Najdak bilan ishlov berilmagan urug‘ unumdorligini ming yil saqlab qolishi mumkin, agar siz najdak bilan ishlov bermasdan ularni ivitib qo‘ysangiz unib chiqqunicha siz 1–2 yil kutib turishingiz kerak bo‘ladi.

fotosurat

Lotosning unib chiqadigan urug‘lari

Najdak bilan yetarlicha ishlov berilganini qanday bilsak bo‘ladi?

Yetarlicha ishlov berilgan urug‘ 24 – soat ichida o‘z o‘lchamini ikki barobar kattalashtiradi. Agar bu ro‘y bermasa, urug‘ni najdak bilan yana ozgina ishlov bering. Va yana agar 24 soat ichida o‘z o‘lchamini kattalashtirmasa, ishlov berishda davom eting.

Ularga faqat suv zarur…

Najdak bilan ishlov bergach urug‘larni suv solibgan idishga joylashtiring. 20 °C haroratida ham urug‘lar 24 soat ichida o‘z shaklini ikki barobar o‘zgartirishadi. Boshlanishiga 27–28 °C harorati qulay. Ushbu haroratda o‘sish tez ro‘y beradi, bir haftadan keyin siz o‘somlikga barglari bilan ega bo‘lasiz. Foto hujjatlarga qarang http://www.victoria-adventure.org/…om_seed.html

Birinchi barglari o‘sib chiqqanidan keyin o‘simlikni botqoqli substratga ekish zarur, yoki shag‘alga (akvariumda ishlatiladi) va hamma o‘simliklarni rezervuarga (akvarium,hovuzcha) 30 sm dan kam bo‘lmagan suv ichiga joylashtiring. Agar substrat sifatida siz akvariumli shag‘al ishlatsangiz, siz lotosni akvariumda balilar bilan o‘stirishingiz mumkin. Asta –sekin o‘simlikning o‘sishi bilan kengroq joy kerak bo‘ladi. Siz uni muzlab qolmaydigan joyda qishki bog‘ning hovuzchasida, issiq xonalarda va shunga o‘xshahs joylarda o‘stirishingiz mumkin. O‘stirish uchun 20–35°C harorati yetarli bo‘ladi, vatandoshlarimiz o‘tkazilgan amplitudaning past haroratga moslashishga majburdirlar, lekin lotosga bu hech ham halaqit bermaydi. Yozda lotosni ko‘chadagi hovuzga chiqarishingiz mumkin, lekin qishda uni ichkariga kerak bo‘lganda suv liliyasiga o‘xshab nam podvalga kirgizishingiz mumkin. O‘stirish uchun eng maqulqaror qurilish qorishmalari uchun vannalarda (bular 60–80 litrli bo‘ladi va 10 yevro atrofida sotiladi). O‘simlikni substrat bilan (botqoqli yoki akvariumli shag‘alllarga) vannaga quying. Qachonki uni suv bilan to‘ldirsangiz, lotos uchun juda qulay sharoit yaratgan bo‘lasiz. Bu vannaning qulay tomoni shundaki buni qishki bog‘ yoki xonaga, deraza oldida (yaxshisi balkonli deraza oldida), o‘simlik xonaning eng quyoshli issiq joyda turish kerak. Yozda vannani janubiy balkonga yoki bog‘ga chiqarishingiz mumkin. Shunday qilib lotosni panellli uyda ham o‘stirishingiz mumkin!

««« Oldingi tekst: Kivano - Cucumis metuliferus Keyingi text Biz yangi gazonni o‘rnatamiz »»»

seshanba 1.9.2009 07:30 | chop etish | Suvdagi va botqoqdagi o‘simliklar, O‘stirish va ko‘paytirish qo‘llanmalari

KPR o‘zini tanishtiradi

KPR - O‘simlik Shunoslar Klubi Slovakiya
O‘simlikshunoslar klubi butun dunyoning havaskor - bog‘bonlarining ixtiyoriy birlashishidan tashkil topgan. O‘qish...
O‘simliklarni o‘stirish va ko‘paytirishda o‘z ish tajribalaringiz bilan bo‘lishing. Joriy web-saytga o‘z fikr-mulohazaringizni yozib qoldiring.