Botanix - o‘simliklar va bog‘dorchilik haqida jurnal

O‘zbekcha Nashr

Qarag‘ay Pinus kesiya

Qarag‘ay tez o‘suvchi osiyo qaragaylari xisoblanadi, o‘zinining vatanidan tashqari kamdan kam o‘stiriladi. U 30–35 metrgacha o‘sadi, tana diametri 1 m gacha bo‘lishi mumkin. Bu uch – ignali qarag‘ay ( bir bo‘glamdan uzunligi 15– 20 sm keladigan uch igna o‘sadi) So‘talarning kattaligi 5–9, urug‘larning uzunligi 1,5– 2,5 sm smni tashkil etadi.

Uning o‘sib chiqishi areali janubiy Himolaydan Hindistonning shimoli-sharqiy (xozirgi vaqtda o‘rmonlarni yo‘q bolishi tufayli, Mexalay va Manipurning Xasi va Naga faqat tog‘li hududlarida), Xitoyda (Yunnan provivintsiyasida), Birmada (Myanma), shimoliy Taylandda, Laosda, Viyetnamda (Lai Chau, Lang Son, Cao Bang, Quang Ninh) Filippin (Luson) gacha. Ba‘zida qarag‘ayni Filippinda Pinus insularis deyishadi. Xitoyda shunga o‘xshash tur o‘sadi Pinus yunnanensis yunan qarag‘ayi.

U aralash o‘rmonlarning qiyaligida o‘sadi, u sariq va qizil mevasiz nordon (pH 4,5) tuprog‘ning, dengiz sathidan 800–2000 m yuqorida, ko‘p hollarda 1200–1400 m da o‘sadi. Iqlimi subtropikli, shamolli -quruq va nam davri bilan almashinadi. Yog‘ingarchlik serob, shuning uchun havo namlik darajasi 70% dan tushmaydi.

U unchalik bo‘lmagan sovuqlarga bardoshli, kechki sovuqlarni ko‘taraolmaydi. Shuning uchun uning o‘sishi uchun himoyalangan joy kerak, masalan, shimoldan to‘siqlar bilan himoyalangan, janubiy qiyaliklarda. Shimoliy hududlarda sovuq vaqtda uni binoda, issiqxonalarning 0 °C haroratda joylashtirish kerak. Uni Janubiy Yevropada yil davomida ochiq havoda o‘stirish mumkin.

Inglizcha nomi: khasi pine Sinonimlari: Pinus khasya, Pinus khasyanus

««« Oldingi tekst: Biz don qo‘ng‘izlariga qarshi kurashayapmiz Keyingi text O‘rilgan o‘tlar bilan nima qilish kerak? »»»

shanba 19.9.2009 15:40 | chop etish | Ekzotik o‘simliklar

KPR o‘zini tanishtiradi

KPR - O‘simlik Shunoslar Klubi Slovakiya
O‘simlikshunoslar klubi butun dunyoning havaskor - bog‘bonlarining ixtiyoriy birlashishidan tashkil topgan. O‘qish...
O‘simliklarni o‘stirish va ko‘paytirishda o‘z ish tajribalaringiz bilan bo‘lishing. Joriy web-saytga o‘z fikr-mulohazaringizni yozib qoldiring.