Botanix - o‘simliklar va bog‘dorchilik haqida jurnal

O‘zbekcha Nashr

Biz don qo‘ng‘izlariga qarshi kurashayapmiz

Don qo‘ng‘izlarini menimcha hech kimga tanishtirishning xojati yo‘q. Ular mayda qo‘ng‘izlar (3–4 mm) bo‘lib, oshxonada dukkakli urug‘lari orasidan topishar edi.

Zararkunandalar dukkakli urug‘larning barcha turlarida rivojlanishadi. Deyarli barcha dukkaklilar o‘zining „shaxsiy“ don qo‘g‘izlariga: loviya – loviyali, no‘xat – no‘xatli, yasmi – yasmiqli, dukkak – dukkaklilarga ega bo‘lishadi.

Urug‘larning qo‘ng‘izlar tomonidan yeyilgan joylari yemirilganga o‘xshaydi, katta qo‘ng‘izlar o‘zlaridan keyin teshikchalar qoldirishadi. Ayrim turlari (masalan loviyali don qo‘ng‘izi) urug‘larni saqlash vaqtida ko‘proq zarar keltirishadi (chunki bu yerda yashashi uchun ideal sharoitga ega bo‘lishadi), aslida o‘simliklar bog‘da, bog‘ning jo‘yalarida zarar ko‘rishgan bo‘lishadi.

Ularga qarshi kurashish juda ham oddiy va samaralidir (samaradorligi 100% ga teng).

Yig‘im paytida pishib yetilgan urug‘larni tezlik bilan tozalang. Urug‘larni qarab chiqing agar ularning oralaridan zararlanganlarini topsangiz, shu zaxotiyoq ularni yo‘q qiling (yaxshisi yoqib yuboring). Keyin urug‘larni paketga soling (stelafanli yoki matoli) va 48 soatga muzxonaga qo‘yib qo‘ying.

Ushbu protseduradan keyin siz don qo‘ng‘izi rivojlanishining hamma bosqichlarini yo‘q qilasiz. Urug‘larni muzxonadan olgandan keyin qog‘ozga yoying va xona haroratida 2–3 kun mobaynida ularni yaxshi quritib oling. Shundan keyin ekishgacha ularni paketda saqlashingiz mumkin. Biroq ushbu yo‘l bilan saqlangan urug;lar magazindan sotib olingam urug‘lar bilan zararlanishi mumkin.

Shuning uchun ularni o‘yma qopqog‘i bilan yopiladigan bankada saqlash yaxshiroq bo‘ladi. Urug‘lar yaxshi quritilgan bo‘lishi kerak aks holda ular mog‘arlaydi. Shunday qilib, ishonchingiz komil bo‘lsin, urug‘larni don qo‘ng‘izlari urug‘larga zarar ko‘rsatishmaydi.

Qo‘ng‘izlarga navlarni tanlash yo‘li bilan qarshi kurashishingiz mumkin. Gap shundaki, shunday navlar borki, don qo‘ng‘izlariga umuman ma‘; qul kelmaydi.

««« Oldingi tekst: Biz pepino o‘stiramiz Keyingi text Qarag‘ay Pinus kesiya »»»

juma 18.9.2009 15:33 | chop etish | Zararkunandalar

KPR o‘zini tanishtiradi

KPR - O‘simlik Shunoslar Klubi Slovakiya
O‘simlikshunoslar klubi butun dunyoning havaskor - bog‘bonlarining ixtiyoriy birlashishidan tashkil topgan. O‘qish...
O‘simliklarni o‘stirish va ko‘paytirishda o‘z ish tajribalaringiz bilan bo‘lishing. Joriy web-saytga o‘z fikr-mulohazaringizni yozib qoldiring.