Botanix - o‘simliklar va bog‘dorchilik haqida jurnal

O‘zbekcha Nashr

Biz pepino o‘stiramiz

Pepino vatani (botanik nomi Solanum muricatum) ehtimol Peru yoki vik Kolumbiya hisoblanadi. O‘sha joylarda ular butun Lotin Amerikaga va ular ortidagi hududlarga tarqaldi. Hozirgi vaqtda ko‘proq Boliviyada, Ekvadorda va Yangi Zelandiyada o‘stiriladi.

Yevropaga pepino taxminan 1785 yilda kirib kelga. Birinchi bo‘lib uni ko‘paytirish bilan Yevropaliklar, bular Lyudvik XVI, shuningdek ingliz qirolligidagi Kew, Londondagi bog‘bonchilik jamiyati shug‘ullanishgan

Janubiy Amerikalik hindular ularni „cachuma“ deb atashadi. Bizlarda uning Ispancha pepino nomi bilan tarqalgan bo‘lib, pepino tarjimasi salatli bodring ma‘nosini anglatadi. Inglizcha nomi melon shrub, qovunli bo‘ta ma‘nosini anglatib ta‘m harakterini yaxshi ifodalaydi.

Pepino butali bo‘lib, bir metrgacha o‘sadi. O‘zining vatanida bu ko‘p yillik bo‘ta bolib, dengiz sathidan 2500 metr yuqorida o‘stiriladi. Bizda u bir yillik o‘simlikdek o‘stiriladi. Ularning guli kartoshka gulini eslatib, ular gunafsha chiziqchasi bilan gunafsha va oq rangli bo‘lishadi. O‘simlik ikki jinsli bo‘lib hisoblansa-da, yaxshi hosildorlik uchun qo‘shimcha changlantirish tavsiya qilinadi (asosan oranjereya).

Havaskor bog‘bonlarni ko‘proq mevalari qiziqtirishadi. Shakli bilan ular avakadoni eslatishadi (katta nokni), o‘lchami 15 sm atrofida. Ular xushbo‘y, shirin ta‘mga ega bo‘lib, ko‘pincha sariq, kremli, qoramtir gunafsha chiziqli bo‘lib ba‘zida urug‘siz. Oziq-ovqatga xomligicha, shuningdek dimlangan, qovurilgan holda ishlatishadi.

Mevalari xomligicha shuningdek mevali salat sifatida is‘temol qilinadi(bo‘lalarga bo‘lingan xar-xil mevalar, limon sharbati bilan ziralangan, uni tayyorlash uchun siz ko‘proq mahalliy va ekzotik turlaridan foydalanishingiz mumkin).

Dimlangan pepino ko‘pincha garner sifatida ishlatiladi. Qovirilgan pepino ikkinchi ovqat sifatida ishlatiladi.

Agar pepino sizga tamsizdek tuyulsa, uni oddiy ishlatiladigan ziravorlar yordamida (dolchin, qovg‘a, anis; limonli anorli yoki marakuyali sharbat bilan keyingi ikkita aytib o‘tilgan turlarni siz o‘zingiz urug‘laridan o‘stirishingiz mumkin, bizning tavsiya qilingan import tovarlarimiz ro‘yxatidan). Agar mevalari ortib qolsa, ularni uy sharoitida konserva qilishingiz mumkin( alohida o‘zini yoki boshqa mevelar turi bilan –masalan, pomidor, garmdori yoki mevalar bilan).

Hamma tropik sabzavotlar singari (masalan – garmdori, tomat) pepino ham tuproqqa teng miqdorda talabchandir. Birinchi navbatda u yengil, havodor, ozuqaviy, doim nam bo‘lishi kerak. Tajribada shuna narsa ma‘lum bo‘ldiki, hajmi 40 litrli idishlarda hosil beradi(bitta o‘simlik uchun), tuprog‘i qora falga bilan qoplangan (taxminan har yili 40–45 meva beradi).

Ko‘pincha uni huddi pomidor o‘stirgandek o‘stirishadi. O‘sish davrida bir marta o‘git soling. Normativ o‘g‘ti yaxshi ta‘sir qiladi (u bog‘bonchilik jihozlari sotiladigan magazinlarda sotiladi). Ushbu o‘g‘it tuproqqa va barglarga sepiladi.

U qalamchalari bilan ko‘payadi, uzunligi 15 sm atrofida bo‘ladi. Ularni fevral –mart oylarida ajratib olish kerak. Tez tomirlab ketishi uchun ularni bo‘yi o‘sishi uchun stimulyator yordamida ishlov berishingiz mumkin. Keyin ularni qumga solib qo;ying oranjereyada yoki xonada. Biro y mobaynida ular tomir chiqarishadi. Yosj o‘simliklar uch oydan keyin tomirlagandan keyin gullashadi. Pepinoni urug‘lar bilan ko‘paytirish mumkin. Lekin bu usulning qulaylik tomoni kam, chunki o‘simlik kam urug‘lar paydo qiladi. Undan tashqari ko‘chatlarda urug‘larda sifati yomon mevalar o‘sib chiqadi.

Pepino bu oilaning boshqa turlari (pomidor, garmdori) ga o‘xshab kasallarda va zarar kunandalardan ozor chekishadi. Ko‘proq kartoshka mog‘ori Phytophthora infestans dan zarar ko‘radi. Bunga qarshi siz Kuprikol 50 ni (quyuqligi 0,6 % da, ya‘ni 10 litr suvga 60 gr; himoya muddati o‘sha vaqtda mevalarni 7 kun davomida is‘temol qilinmaydi) yoki Dithane M 45 (quyuqligi 0,2 %, ya‘ni 10 litr suvga 20 gr; himoya muddati, mevalarni 21 kun davomida oziqaga ishlatish mumkin emas).

Qishda pepino issiq joyda qishlashi kerak (oranjereyada, xonada va shunga o‘xshah). Harorat 5 °C dan past bo‘lmasligi kerak. Bahorda urg‘ochi o‘simligidan qalamchalarini tomirlatish uchun tanlan, eski o‘simliklarni yo‘q qiling, chunki ularning keyingi rivojlanishi foydasiz bo‘ladi.

Pepinoni o‘zimning taklifimga rejalashtirmayman, chunki ushbu tur bizda sotuvda tez tez uchramoqda va ko‘plaringizga qiziq bo‘lmaydi. Bundan tashqari pepinoning narxi ham ma‘qul bo‘lib, o‘rtacha narxi bir yevro atrofida.

««« Oldingi tekst: Kolorad qo‘ng‘izi NOVODOR FC ga qarshi Keyingi text Biz don qo‘ng‘izlariga qarshi kurashayapmiz »»»

payshanba 17.9.2009 07:00 | chop etish | Ekzotik o‘simliklar

KPR o‘zini tanishtiradi

KPR - O‘simlik Shunoslar Klubi Slovakiya
O‘simlikshunoslar klubi butun dunyoning havaskor - bog‘bonlarining ixtiyoriy birlashishidan tashkil topgan. O‘qish...
O‘simliklarni o‘stirish va ko‘paytirishda o‘z ish tajribalaringiz bilan bo‘lishing. Joriy web-saytga o‘z fikr-mulohazaringizni yozib qoldiring.