Botanix - o‘simliklar va bog‘dorchilik haqida jurnal

O‘zbekcha Nashr

Kolorad qo‘ng‘izi NOVODOR FC ga qarshi

Kolorad qo‘ng‘izini (Leptinotarsa decemlineata) hech kimga tanishtitishning xojati yo‘q. Hamma uni kartoshka zarar kunandasi deb biladi, uni faqat “kimyo” viy moddalar bilan yo‘q qilish mumkin. Ammo kamdan kam odam biladiki, hozirgi vaqtda biologik preparatlar bilan ular unchalik mushkul emas.

U qayerdan kelib chiqqan? Kolorad qo‘ng‘izi Yevropaga shimoliy Amerikadan kirib kelgan. Boshida u faqat Kordilyer hududining kichik qismida yashab, yovvoyi ituzum barglari bilan oziqlanishgan. Amerikaning barcha hududlari bo‘ylab baravariga kartoshkani (botanik nomi Solanum tuberosum) ekishni boshlashganida, kolorad qo‘ng‘izi yovvoyi ituzumlardan kartoshkaga o‘tib ketdi. Hozirgi vaqtda u kartoshka tufayli butun dunyo bo‘ylab tarqaldi.

NOVODOR FC – uchinchi uchming yillikning troyan otimi? NOVODOR FC 2% protein bakteriyasini Bacillus thuringiensis ssp. tenebroinis o‘z ichiga oladi. Bu bakteriya barg yeyuvchilarning (Chrysomelidae) avlodiga kirgan qo‘ng‘izlarining lichinkalarini yo‘q qiladi. Havaskor – bog‘bonlarning fikricha asosiysi barg yeyuvchi – qo‘ng‘izlarga (dekorativ daraxtga va butalarga – shumtolga, olxaga, sambittolga zara berishadi) va kolorad qo‘ng‘izga ta‘luqli.

Bu preparat eslatib o‘tilgan turlarning lichinkalarini kasallantiradi. Lichinkalar ishlov berilgan barglarni iste‘mol qilishgach ovqat yemay qo‘yishadi va 2–5 kundan keyin nobud bo‘lishadi. Preparat boshqa hasharotlarning lichinkasiga zarar yetkazmaydi, bundan keyin zararkunandalardan na o‘simliklarda, na tuproqda hech narsa qolmaydi. Bu lichinkalarga ta‘sir qilib katta hashoratlarga zarari yo‘q. Shuning uchun buni faqat yosh lichinkalarga qarshi ishlatishadi.

Yaxshi natijaga erishish uchun lichinkalar tez – tez oziqlanib, turishi kerak, barglar esa old va orqa tomonidan sepiladigan suyuqlik bilan yaxshi singdirilgan bo‘lishi kerak. Shuning uchun suyuqlikni 15 °С haroratidan yuqori bo‘lgan shamol esmagan ob-havoda sepish kerak. Agar ishlov berilgandan keyin 12 soatdankeyin yomg‘ir yoqsa sepishni takrorlang.

Preparat kichik qadoqlarda ham sotiladi, 100 ml yelimli idishlarda, narxi 3 yevro atrofida. Ushbu bakteriyaning turli tumanligidan yana biri karam va mevalarni yeyishadigan (Biobit FC preparati), shuningdek pashsha lichinkasini yo‘q qiladi(bizda sotuvda yo‘q). Navbatda eng yaxshisi: ishlov berilgan o‘simliklarni darhol ovqatga ishlatsa bo‘ladi.

««« Oldingi tekst: Palma Parajubaea torallyi Keyingi text Biz pepino o‘stiramiz »»»

chorshanba 16.9.2009 10:18 | chop etish | Zararkunandalar

KPR o‘zini tanishtiradi

KPR - O‘simlik Shunoslar Klubi Slovakiya
O‘simlikshunoslar klubi butun dunyoning havaskor - bog‘bonlarining ixtiyoriy birlashishidan tashkil topgan. O‘qish...
O‘simliklarni o‘stirish va ko‘paytirishda o‘z ish tajribalaringiz bilan bo‘lishing. Joriy web-saytga o‘z fikr-mulohazaringizni yozib qoldiring.