Botanix - o‘simliklar va bog‘dorchilik haqida jurnal

O‘zbekcha Nashr

Palma Parajubaea torallyi

Parajubaea torallyi janubiy Amerikaning eng chiroyli va turg‘un palmalaridan biri bo‘libb hisoblanadi. Bu nom sizga hech nimani eslatmayaptimi? Ajablanadigan joyi yo‘q. Urug‘lari katta bo‘lgani uchun Yevropaga (bu bilan transportga katta xarajatlarni o‘z ichiga oladi) kamdan – kam olib kelinadi. Shuning uchun Boliviyadan tashqarida bunday jozibali palmaning turini siz kamdan-kam uchratasiz.

Tabiatda u dengiz sathidan 2700–3400 m yuqorida bo‘lgan quruq Boliviyaning And vodiylarida uchraydi, shuning uchun dunyo bo‘yicha eng katta palma hisoblanadi. Harorat kamdan-kam 20 oC dan ko‘tariladi, tungi salqinlar kam emas. Qish oylarida (iyul, avgust) harorat –7 oC gacha tez-tez tushib turadi. Bu yerda yillik yog‘inchiliklar zo‘rg‘a 550 mm ga yetadi, janubiy Moraviyaning eng quruq joylaridan ham kamroq. Baland to‘g‘ iqlimining tabiiy areali tufayli palma sovuq bardoshli subtropik tur, shuning uchun uni qulay sharoitlarda o‘rta yer dengizida yil davomida ochiq havoda o‘stirish mumkin. Bizda qish oylarida uni xonagaga olib kirish kerak bo‘ladi, u yerda u bezarar 0 oC atrofidagi haroratni o‘tkazib oladi. Yevropada sovuq bardoshliylik –3 oCga teng bo‘ladi. Palmaning eng past o‘tkazgan harorati –8 oC ni tashkil etadi. Aniqrog‘i o‘simliklar hamma barglarini tashladi, lekin omon qolishdi va bahorda yana yangi barglar chiqardi.

Boliviyada u 14 metrgacha o‘sadi, tanasining diametri 25–35 sm ga yetadi. 100 yillik nusxalari ham 30 metrgacha o‘sib, tanasining diametri 50 sm yetadi. Jozibali kronasini taxminan 20 barglar tashkil etadi, ularning uzunligi 5 metrgacha yetadi. O‘zining vatanidan tashqarida palma, mayda o‘lchamda o‘sadi.

Tabiatda u 2 ta alohida populiyatisiyalarda o‘sadi, ular urug‘larning o‘lchamlaridan farq qiladi. Parajubaea torallyi var. torallyibularning urug‘lari 7 sm gacha o‘sadi, mayda urug‘larning varianti o‘sha paytda Parajubaea torallyi var. Microcarpa qariyb 3 marta mayda bo‘lishadi va ular bir biridan kamdan kam farq qilsada tabiatda kichik variant katta urug‘li qarindoshiga uzunligiga yeta olmaydi.

Boliviyada Parajubaea torallyi sevimli o‘simlik bo‘lib, ularni shahar istirohat bog‘larida va ko‘chalarga ekishadi. Ekvadorda va janubiy Kolumbiyaning dengiz sathidan 2500 – 3000 metr yuqorida joylashgan shaharlarida Parajubaea cocoides o‘stiriladi, bu sovuqqa kam chidamli bo‘lib, sekin o‘sishi bilan farq qiladi. Uning Parajubaea torallyi bilan o‘xshahsligi bo‘lib, tabiatda u noma‘lum va Parajubaea torallyining madaniylashtirilgan turi deb ham tahmin qilishmoqda.

1996-yilda Parajubaea sunkha ta‘riflangan edi, bu ushbu avlodning namoyondasi bo‘lib hisoblanadi. U 8-metrgacha o‘sib, bir qancha ichki And vodiylarining Vallegranda hududida Boliviyaning Santa Kruz okrugining dengiz sathidan 1700 – 2200 metr yuqorida o‘sadi. Aniq taksonomik tekshiruvlargacha uni Parajubaea torallyi bilan adashtirib yurishgan edi.

Parajubaea avlodining palmalarini urug‘idan o‘strish qiyin emas, lekin buning uchun sabr kerak bo‘ladi. Tabiatda urug‘lari doimiy o‘sib chiqishmaydi, odatda bu jarayon 1,5 yilgacha davom etadi. Ayrim urug‘larning unib chiqishi uchun bir oy, boshqalariga yarim yil zarur bo‘ladi, ba‘zilariga 2 yil ham kerak bo‘ladi. Agar gap palmaning subtropik turi haqida bo‘lsa, yuqori harorat urug‘larni unib chiqishini tezlashtirmaydi, aksincha uzoqlashtiradi.

Ekishdan oldin urug‘larni iliq suvda 5–7 kunga ivitib qo‘yish kerak, turli xildagi katta urug‘larni katta uru‘glar bilan ikki haftagacha ivitib qo‘yish kerak. Chirib ketmasligi uchun suvini har kuni almashtirib qo‘yish kerak. Urug‘larni (asosiysi turli xildagi urug‘larning katta urug‘larini) ozgina ishlov berishingiz mumkin. Bu vaqt ichida sub urug‘lar ichiga sizib boradi va uxlash davrini to‘xtatadi(dam olish davri urug‘larni quruqlik vaqtida unib chiqmaslikdan himoya qiladi. Boliviyada qish oylarida ya‘ni iyun oylaridan boshlab oktabrgacha bo‘lib turadi) va urug‘lar unib chiqa boshlashadi. Bu namlik davri yakunlanadi. Gap quruq hudularda o‘sadigan subtropik tur haqida ketayotganini unutmang, shuning uchun serob suv unga yomon unga ta‘sir qiladi. Keyin ivitilgan urug‘larni gul tuvaklarga yoki yelimli xaltachalarga shunday ekinki, yerdan yarimi ko‘rinib tursin, harorat 10–20 oC atrofida bo‘lishi kerak (agar kunduzi yuqori va tungi past haroratlarda farq bo‘lsa juda yaxshi bo‘lar edi). Ko‘proq past harorat va ko‘proq substrat ushbu palmani o‘stirish uchun boshqa ko‘pgina turlarga qaraganda eng asosiy farq hisoblanadi.

Ekilgan urug‘larni 3–4 haftada bir marta, unib chiqqanlarini alohida tuvaklarga o‘tkazib, tekshirib turing. Ayrim havaskor bog‘bonlar ajoyib tajribaga ega, ular urug‘larni sug‘orishni to‘xtatishadi-da, yil davomida chiqmaganlarini va substratni bir necha oy ichida qurutishadi. Keyin urug‘larni ajratib olishadi, bir haftaga suvda ivitishib yana ekishadi. Yarim yil ichida qairyb hammasi unib chiqadi. Keyingi yilda unib chiqmaganlari, yana bir necha oylarga quritishga qoldirishadi(Boliyaviyadagi qurish davri eslatiladi) va navbatdagi ivitishdan keyin oxirida hamma urug‘lar unib chiqadi.

Bu palmaning urug‘lari unib chiqishi yuz foizga teng bo‘lib faqat ular bilan nima qilish kerakligini bilish kerak, dangosalariga bir necha oy qurishiga qo‘yib berishimiz zarur.

Urug‘ligi paydo bo‘lganidan keyin, uning o‘sishi oson, faqat sug‘orishdan ehtiyot bo‘ling. Yosh palmalar yarim soyalarni yaxshi ko‘rishadi( tabiatda urug‘dan paydo bo‘lgan o‘simlik katta daraxtlarning soyasida o‘sishadi), yetilgan o‘simliklarga ko‘proq yorug‘lik zarur bo‘ladi.

Parajubaea avlodi janubiy Amerikaliklar palmasi qatoriga tegishli bo‘lib, ular yo‘qolib ketish xavfi ostida turishibdi. Asosiy sabablardan biri, bu biotiplarning yo‘qolishi, qishloq xo‘jaligining kengayishi, o‘rmonlarni yo‘q bo‘lishi va chorvachilikning ko‘payib ketishidir. Palmalar kam hududlarda uchraydi, bunda esa ularning yanada yo‘qolib ketish xavfi ortadi. Urug‘larining kattaligi tufayli palmalarning yangi joylarda kengayishi cheklangan, ularni katta masofalarga tarqatuvchi yagona jonzot bu oynakli ayiq (Tremarctos ornatus), insonlarning ta‘siri natijasida ular ham yo‘qolib ketish xavfida turishibdi.

««« Oldingi tekst: Biz avokado o‘stiramiz Keyingi text Kolorad qo‘ng‘izi NOVODOR FC ga qarshi »»»

seshanba 15.9.2009 15:11 | chop etish | Palmalar

KPR o‘zini tanishtiradi

KPR - O‘simlik Shunoslar Klubi Slovakiya
O‘simlikshunoslar klubi butun dunyoning havaskor - bog‘bonlarining ixtiyoriy birlashishidan tashkil topgan. O‘qish...
O‘simliklarni o‘stirish va ko‘paytirishda o‘z ish tajribalaringiz bilan bo‘lishing. Joriy web-saytga o‘z fikr-mulohazaringizni yozib qoldiring.