Botanix - o‘simliklar va bog‘dorchilik haqida jurnal

O‘zbekcha Nashr

Biz avokado o‘stiramiz

Avokado (ulkan botanik nok – Persea americana) tropik daraxt bo‘lib, uzunligi 6–20 m tashkil etadi. Tabiatda Meksikadan to Braziliyalarda o‘sadi. Hozirgi vaqtda butun tropik va subtropik hududlarda o‘stiriladi.

Barglari elliptik, uchlari nayzali, terli, yaltiroq, yorqin yoki to‘q yashil, orqa tomoni kulrang. Apelsin bargini eslatadi.

Gullashi katta gul bo‘lib ochilib 100–300 gulaydi, lekin taxminan 0.1% changlanadi. Buning sababi shundaki gullashining birinchi kunidayoq faqat urug‘chi rivojlanadi, changlanish hali ro‘y bermagan bo‘ladi. Keyin esa gul 1 kunga yopiladi. Keying kunda gul yana ochiladi, changlanadiganlari rivojlanadi, urug‘chisi esa so‘lib qoladi. Bundan tashqari gulning yetilgan urug‘chisi va changlatuvchisi kunnig har xil vaqtida ochiadi.

Mevasi tuxumsimon yoki noksimon mevaga o‘xshaydi. Avokado navi 3 ta geografik guruhga bo‘linadi:

  1. Antil guruhi (tropik) tropikning quyi qismi (dengiz sathidan 800 metrgacha) da kelib chiqadi. Masalan, buyerga Waldin, Simmonds, Black Prince navlari kiradi. Ular sovuqqa ta‘sirchan. Meva og‘irligi 0,4–1,5 kg.
  2. Gvatemal guruhi (yarimtropik) tropikning tog‘li hududlar (dengiz sathidan 800–2800 m) da o‘sadi. Bu guruh vakillariga Bemik va Hass. Qisqa vaqt mobaynida ular 0 °C haroratigacha saqlanib turadi. Meva og‘irligi 0,5–1,5 kg
  3. Meksika guruhi (subtropikli) Meksikaning subtropik hudlarida kelib chiqadi. Unga past harorat (qisqa vaqt ichida – 4 °C kam bo‘gan haroratda hech bir zararsiz turadi) ga chidamli navlar kiradi. Bu guruh navi ko‘p yetishtiriladi. Masalan, bu guruhga Gottfried va Pernod navlari kiradi. Mevani og‘irligi kam (250 g).

Hozirgi kunda navlar ham mavjud, ikki guruhlarning chatishtirish yo‘li bilan olingan (ko‘proq gvatemalli va meksikanli). Bizlar uchun faqat meksikali navlar guruhi ahamiyatli. Balkim gullashi qiyin bo‘lagani uchun bizda mevalar tugmaydi, lekin jozibali barglari tufayli interyer uchun qulay nav. Urug‘lardan o‘stirilgan avakado 6–8 – yilga kelib gullaydi. Avakado uchun yoyilgan yo‘rug‘lik talab etiladi. Siz uni xonada, ofisda yoki issiqxonada o‘stirishingiz mumkin. Yozda balkonga yoki bog‘ga qo‘yishingiz mumkin.

Tuproqqa u talabchan emas. Yengil, o‘rta nordonli tuproq ke‘lib bog‘bonchilikda ishlatiladigani. Yil davomida unga nam, ko‘p sug‘orilmaydigan tuproq zarur. Agar qirg‘orchilikdan ozor cheksa, barglarini to‘okishi mumkin. Vaqti-vaqti bilan ularni suv sachratish foydali.

Avakadoni urug‘lardan ko‘paytirish osonroq. Qalamchalar bilan faqat ayrim turlarigina ko‘payadi.

Urug‘larni suv bilan yarimigacha ivitish kerak, o‘tmas tomoni bilan pastga. O‘smagunga qadar ivitishni davom ettirish kerak. (Ular chirib ketmasligi uchun men urug‘larni 3 oydan ortiq ivitmaslikni maslahat beraman. Agar uch oy mobaynida urug‘lar unib chiqmasa shunday qilib ham eking. Odatda ekindan keyin urug‘lar unib o‘sib chiqishadi.)

Urug‘larni 3/4 ga o‘tmas tomoni bilan pastga qaratib eking. Meningcha kattaroq idishga bittadan ekish qulay bo‘lib, keyin oyna parchasi bilan yopish kerak. Shunday qilib u yerda unib chiqishni tezlashtiradigan nam muhit saqlanib qoladi. Ekiladigan substratning (tuproqni) yengil va havolisini tanlang, ortiqcha suv tezlik bilan oqib ketishi uchun. Oynani har kuni taxminan 30 min ga olib qo‘ying, urug‘lar mog‘arlamasligi uchun.

Urug‘lar kun bo‘yi issiqda tursa yaxshi unib chiqadi. 25 °C dan yuqori bo‘lgan harorat ideal hisoblanadi. Birinchi barglari o‘sib chiqqandan keyin, uy harorati yetarli.

Yuqori haroratni ushlab turish oson, agar tuvakni issiq radiatr ustiga qo‘ysangiz. Shuning uchun yangi urug‘larni eng yaxshisi qishda ekish yaxshiroq, isitish mavsumi vaqtida.

Bizning sharoitimida avakado yetarli darajada tez o‘sadi. Sizda balandligi 1 metr atrofida bo‘lgan shoxli daraxtcha 2 yil mobaynida o‘sadi.

Avakado mevalarini bizning sharoitlarimizda o‘stirishning iloji yo‘q. Biroq hozir ularni magazinda topish qiyin emas. Afsusuki magazindan sotib olingan mevalar urug‘laridan o‘simlik o‘stira olmaysiz (ular kamdan –kam unib chiqish imkoniyatiga ega, chunki mevalarini xomligicha terib olishadi).

Avakado dunyo bo‘yicha eng oziqaga boy meve bo‘lib xisoblanadi. Uning energetik qiymati 100 gr mag‘ziga 840 kJ ga teng (solishtirish uchun: bananlar 355 kJ, mango 215, papay 180, pomidorlar 90, bodringlar faqat 0,64). U 5–32% teriga yengil singdiriladigan yog‘ tarkibiga ega va kosmetikaning qimmatli asosiy tarkibi bo‘lib hisoblanadi. Shuni aytish joizki uning kimyoviy tarkibiga binoan u meva xisoblanmaydi, baribir shu guruhga kiritishadi.

Ko‘proq uni xom turida ishlatishadi. Uni bo‘laklab lemon sharbatini qo‘shishib tuz yoki zirovorlar qo‘shib, qoshiqcha bilan yeyishadi. Keyingi sonda avakado sonda oddiy reseptlar topasiz.

««« Oldingi tekst: Biz chig‘anoqli veshenkani o‘stiramiz (Pleurotus ostreatus) Keyingi text Palma Parajubaea torallyi »»»

dushanba 14.9.2009 00:05 | chop etish | Ekzotik o‘simliklar

KPR o‘zini tanishtiradi

KPR - O‘simlik Shunoslar Klubi Slovakiya
O‘simlikshunoslar klubi butun dunyoning havaskor - bog‘bonlarining ixtiyoriy birlashishidan tashkil topgan. O‘qish...
O‘simliklarni o‘stirish va ko‘paytirishda o‘z ish tajribalaringiz bilan bo‘lishing. Joriy web-saytga o‘z fikr-mulohazaringizni yozib qoldiring.