Botanix - o‘simliklar va bog‘dorchilik haqida jurnal

O‘zbekcha Nashr

Biz chig‘anoqli veshenkani o‘stiramiz (Pleurotus ostreatus)

Hozirgi vaqtda chig‘anoqli veshenka (Pleurotus ostreatus) shampinyonlarga qaraganda ommabop bo‘ldi. Boshqalarga qaraganda farqli jihati bor – uni zaharli oq zamburug‘lar bilan chalkashtirib bo‘lmaydi.

Bu qo‘ziqorin vitaminlarga, aminokislotalarga va minerallarga boy, odam organizmini zaharli moddalar ta‘siridan himoya qiladi. Shuningdek u qonda xalesterola darajasini pasaytiradi. Qo‘ziqorinning oziqaviy qiymati past. Shuning uchun u past kaloriyali diyeta uchun yaroqli. Shuningdek rakga qarshi deb ham tan olinmoqda.

Chig‘anoqli veshenkani o‘stirish qo‘llanmasi

Veshenkani o‘stirish uchun sizning ikkita imkoniyatingiz bor – samon ustida polietilen paketda yoki yo‘gochli to‘ngaklarda o‘stirishingiz mumkin.

Somon ustida polietilen paketda o‘stirish

Avval somonni tayyorlang. Emlashlashdan oldin uni sterilizatsiya qilish zarur, bakteriyalardan, mog‘orlashdan va boshqa qo‘zi qorinlardan yo‘q qilish uchun. Sterilizatsiya qilishning 2 ta usuli bor:

  1. somonni katta idishga (qozonga, eski kastrulga solib, suv quyamiz va 100 oC haroratida 1 soat qaynatamiz. Keyin somonnni 20–25 oC gacha sovutamiz.
  2. ikkinchi (juda ham oddiy) usuli somonni katta idishga solib, ustidan qaynagan suvni solamiz va sovugancha turadi. Keyin suvni to‘kib tashlaymiz va yana ustidan qaynagan suv solamiz.

20–25 oC da sovugach somon emlashga tayyor bo‘ladi. Emlash quyidagi jarayonda sodir bo‘ladi- katta qopga somonni navbatma – navbat almashtirib taxlanadi va maydalangan emlanadigan substrat. Bitta qadoqlangan emlangan substrat 15–20 kg nam somonga yetarli bo‘lib, 50×100 sm polietilen paket o‘lchamiga to‘gri keladi. Paket to‘lgach og‘zini bog‘lab qo‘ying. Lezviya yoki pichoq yordamida 3–5 sm uzunlikdagi kesmalar qiling, taxminan 1 paketda 10 ta kesmalar yetarli bo‘ladi. Agar siz ekiladigan ekinni past nam havoda o‘stirmoqchi bo‘lsangiz, yaxshisi kamroq kesmalar qirqing.(zaruratga qarab, yana ko‘proq kesmalar qirqing). Emlashdan keyin paketni yarim soyali joyga joylashtiring (to‘gri quyosh nurlari tushmasligi uchun). 15–25 oC qo‘ziqorin uchun juda qulay harorat. Harorat qancha yuqori bo‘lsa, qo‘ziqorinlar shuncha tez o‘sishadi(somondagi foydali moddalarni shuncha tez sarflanadi). Shuning uchun sizga qancha veshenka zarur bo‘lsa, haroratni moslashtirish zarur.Agar hosil keragidan ortiq bo‘lsa, ularni sovuqroq joyga olib o‘ting. Agar ko‘proq hosil kerak bo‘lsa, ularni issiqroq joyga olib o‘ting. Veshenka 3–4 oyda hosil beradi, keyinroq paketdagi foydali moddalar kamayadi va yangi madaniyatni yuzaga keltirish kerak( Buni yangi somonni eski somonga emlash yo‘li bilan qilish mumkin). Bir qadoqdan 2–4 kg gacha qo‘ziqorin o‘stirish mumkin.

Yog‘ochda o‘stirish Tabiatda chig‘anoqli veshenka bargli daraxtlarning yog‘ochida o‘sadi. Shuning uchun siz uni uzunligi 30–80 sm to‘ngakda o‘stirishingiz mumkin. To‘ngaklardan barcha bargli daraxtlar (tikonli emas) to‘g‘ri keladi. Yog‘och yarim yildan kam saqlanmagan bo‘lishi kerak. To‘ngaklarni emlashning ko‘p usuli bor. Asosiysi, ekiladigan ekin yog‘och bilan aloqada bo‘lishi kerak chunki qo‘ziqorinnig tolalari yo‘gochda o‘sish kerak. To‘ngaklarni o‘ying yoki arra bilan kesmalar hosil qiling, keyin shularga emlangan substratni joylashtiring. So‘ngra to‘ngaklarni qopga soling va 2–3 oyga qo‘ziqorin tomirchalari o‘sishi uchun qoldiring. Shundan keyin o‘sib chiqqan mitseliyali to‘ngaklarni bog‘ning salqin joyining 1/3 ga joylashtiring. Agar qurib qolsa, suv sepibturing. Hosilni to‘ngaklardan 2–5 yil yig‘ishingiz mumkin(yog‘ochning oziqasiga bog‘liq)

Veshenkaning ekiladigan ekini sotuvda



««« Oldingi tekst: Gazonnni qanday qilib to‘gri o‘rish mumkin? Keyingi text Biz avokado o‘stiramiz »»»

dushanba 7.9.2009 11:49 | chop etish | Yeyishli qo‘ziqorinlar

KPR o‘zini tanishtiradi

KPR - O‘simlik Shunoslar Klubi Slovakiya
O‘simlikshunoslar klubi butun dunyoning havaskor - bog‘bonlarining ixtiyoriy birlashishidan tashkil topgan. O‘qish...
O‘simliklarni o‘stirish va ko‘paytirishda o‘z ish tajribalaringiz bilan bo‘lishing. Joriy web-saytga o‘z fikr-mulohazaringizni yozib qoldiring.